Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tumanlardagi barcha saylov uchastkalariga dizel generatorli qurilmalar o‘rnatildi

Ertaga, 22 dekabr kuni Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi Samarqand viloyatidagi barcha saylov uchastkalarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Samarqand HETK” AJ tomonidan ham puxta tayyorgarlik ko‘rildi.

Viloyatda 1052 ta saylov uchastkalari mavjud bo‘lib, 7 ta saylov uchastkalaridagi jarayonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn tarzda kuzatib boriladi. Shu bois joylashuv hududi bo‘yicha har bir saylov uchastkariga shahar va tuman elektr ta’minoti korxonalari tomonidan mas’ullar biriktirilib, ularga bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan aniq vazifalar yuklatildi.

Jumladan, Samarqand shahridagi Yoshlar markazida joylashgan markaziy saylov uchastkasiga “UPS 200” uskunasi o‘rnatildi. Shuningdek, SamDUning tarix fakultetida joylashgan 66-saylov uchastkasidagi transformatorlar ko‘rikdan o‘tkazilib, nosozliklar bartaraf etildi. Tumanlardagi barcha saylov uchastkalarida dizel generatorli qurilmalar o‘rnatilib, ularga mas’ul xodimlar biriktirildi.

“Samarqand HETK” AJ axborot xizmati.