Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Turkmanenergo” mamlakatimizga elektr energiyasi berishni boshladi

Mamlakatimizga Turkmanistondan 500 kVli havo tarmog‘i orqali elektr energiya importiga start berildi. Bu haqda Xabardor.uz xabar berdi.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tizimidagi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va Turkmaniston Respublikasining “Turkmanenergo” davlat elektr energetika korporatsiyasi bilan 2019–2020 yillarda elektr energiyasini import qilish yuzasidan erishilgan kelishuvga binoan amalga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining joriy yil 29 noyabrda bergan rasmiy bayonotiga ko‘ra, ushbu kelishuvga asosan joriy yilning 1 dekabridan mamlakatimiz elektr energiyasi ta’minotida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berib, tarmoqdagi cheklovlar keskin kamayishi ma’lum qilingan edi.