Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

UYeFA Millatlar Ligasining 2020/2021 yilgi mavsum guruh bosqich o‘yinlari boshlandi

Ko‘hna qit’a terma jamoalari uchun o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘rnini egallagan hamda jamoalarga o‘z darajasi bo‘yicha teng bo‘lgan raqib bilan o‘ynash imkonini beruvchi mazkur musobaqa ikkinchi bor o‘tkazilmoqda.

Musobaqa 2022 yilgi Jahon chempionatining saralash bosqichi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, terma jamoalarga final bosqichiga chiqish uchun qo‘shimcha imkoniyat taqdim qiladi.

Turnirda Yevropaning 55 jamoasi ishtirok etmoqda. UYeFA Millatlar Ligasi ilk mavsumidan keyin 2020/2021 yilgi musobaqani yangi formatda o‘tkazish haqida qaror qabul qilingan edi. Unga ko‘ra, endilikda «A», «B» hamda «C» ligalarida 16 tadan jamoa qatnashsa, «D» ligasida 7 ta jamoa o‘zaro bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning amaldagi g‘olibi Portugaliya terma jamoasi hisoblanadi.
UYeFA millatlar ligasining dastlabki kunda o‘tkazilgan o‘yinlarida qayd etilgan natijalar bilan tanishtirib o‘tamiz:

"A" liga
Ukraina - Shveysariya 2:1
Germaniya - Ispaniya 1:1

"V" liga
Rossiya - Serbiya 3:1
Bolgariya - Irlandiya 1:1
Turkiya - Vengriya 0:1
Finlyandiya - Uels 0:1

"S" liga
Moldova - Kosovo 1:1
Sloveniya - Gretsiya 0:0

"D" liga
Latviya - Andorra 0:0
Farer orollari - Malta 3:2

Dilshod O‘TAMURODOV.