Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgutdagi ko‘p qavatli uylarga gaz berildimi?

9 oktyabr kuni Zarnews.uz sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida “Murojaatdan keyin ham Urgutdagi ko‘p qavatli uylarga tabiiy gaz berilmayapti” sarlavhali maqola e’lon qilingan edi.

Unda Urgut tumani markazidagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholining tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolari yoritilgan edi.

Bugun kunlar ancha sovib qoldi. Aholi xonadonlarini isitishga ehtiyoj tug‘ilmoqda. Shunday paytda ko‘p qavatli uylarda yashayotgan urgutliklarning holi qanday kechmoqda, ularga va’da qilingan gaz berildimi? Yoki xonadonlarini yana o‘z imkoniyatlari darajasida isitishga majbur bo‘lishyaptimi? Boshqa muammolari-chi, yechim topdimi?

Afsuski, oradan 21 kun o‘tgan bo‘lsa-da, bu savollarga na tuman mutasaddilari, na gaz va suv idoralari rahbarlari javob berdi.

Yana Urgut tomon yo‘l olamiz, shekilli...