Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Uzbekistan Airways» Qozog‘istonga borayotganlarga muhim ma’lumot berdi

Bugun, 19 sentyabrdan Qozog‘iston Respublikasiga ketayotgan O‘zbekiston fuqarolariga yangilangan talablar kiritiladi. Bu haqda «Uzbekistan Airways» kompaniyasi xabar berdi.

Aeroportda parvozga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida bahsli vaziyatlarning oldini olish maqsadida PSR usuli bilan COVID-19 ga manfiy natijali ma’lumotnomani olish uchun O‘zbekiston Respublikasining tibbiyot muassasalariga vaqtida (parvozdan kamida 4 kun oldin) murojaat qilinishi tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 1 oktyabrdan o‘z chegaralarini to‘liq ochmoqda.