Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Viloyat prokurori Nurobodda sayyor qabul o‘tkazdi

Bugun Nurobod tumanining 2-sektori shtabida Samarqand viloyati prokurori F.Zufarovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabulda tuman hokimiyati vakillari, tuman prokurori va o‘rinbosarlari, hududda faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilotlarning rahbarlari ishtirok etdi.

Qabul jarayonida fuqarolardan 22 ta murojaati tinglanib, 6 ta murojaatga joyida yechim topildi.

Xususan, fuqarolar Eshboy Bobosherov, Dilorom Rahimova, Navbahor Tursunovalar murojaatga asosan maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlandi.

Sayyor qabuldan so‘ng viloyat prokurori Ulus mahallasida istiqomat qiluvchi nogironlar Sarvinoz Boboyorova, Abduvoit Zoitov, Ulug‘ Boboyevalarning xonadonidagi yashash sharoitlari bilan tanishda.

S.Boboyorovaga maishiy texnika vositalari va tikuv mashinasi sovg‘a qilinadigan bo‘ldi. A.Zoitovga esa nogironlik aravachasi, U.Boboyevaga nogironlik hassasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati.