Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xitoy OAVlari Samarqand haqida yozadi

Samarqand shahrining sayyohlik salohiyati kundan-kunga yuksalib, xorijiy OAV vakillari orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Shaharga XXR OAV vakillari, «Sichuan Daily Press Group» noshirlik guruhi agentligi rahbari Van Sinshan, «The Cover» nashrining madaniyat va ko‘ngilochar departamenti direktori Se Men, «Sichuan Discover» gazetasi muharriri Yan Sinlar tashrif buyurdi.

Jurnalistlar tarixiy-madaniy ob’yektlar bilan tanishdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

Kelgusida Samarqandning sayyohlik salohiyati haqidagi maqola va fotoreportajlarni Xitoy OAVlarida chop etish maqsadida shaharning diqqatga sazovor joylarini foto va video tasvirga olish ishlari olib borildi.