Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yangi o‘quv yilida 1-2 sinf darsliklari to‘liq yangilanadi

2021/2022-o‘quv yilida 1-2 sinflar uchun to‘liq tarkibda zamonaviy darsliklar yaratiladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazi ma’lum qildi.

Ayni paytda Respublika ta’lim markazida 1-2 sinflar uchun 10 nomdagi darsliklarni yaratish bo‘yicha ishchi guruhlar faoliyati tashkil etilib, zamonaviy darsliklarning maket loyihalarini tayyorlash ishlari boshlab yuborilgan.

Eski “ensiklopediya” formatidagi darsliklar o‘zgarmoqda, mutlaqo yangi shakl va mazmundagi darsliklar, ularga qo‘shimcha ravishda o‘qituvchi metodika kitobi va o‘quvchi mashq daftarlari yaratilmoqda.

Endilikda darsliklarni tayyorlashda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, qobiliyati va o‘zlashtirish darajalari inobatga olinishi, shuningdek, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish bosh maqsadga aylandi. Ahamiyatli jihati, 1-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan darsliklar yagona mualliflar jamoasi tomonidan yaratiladi.