Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Zulfiqor Musoqov: “Berlin-Oqqo‘rg‘on” mening shaxsiy bir mavzuim

Samarqand pedagogika kollejida taniqli kinorejissyor Zulfiqor Musoqovning “Berlin-Oqqo‘rg‘on” filmi ijodkorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda filmning yaratilishi tarixi, suratga olish jarayonlari, aktyorlar ijrosi haqida atroflicha ma’lumot berildi.

 - Film g‘oyasi 2011 yilda Germaniyada bo‘lganimda paydo bo‘lgan, - deydi Z.Musoqov. - Undagi voqealar yuragimni yillar davomida azoblab kelganligi uchun bu ishga qo‘l urdim. Chunki tarixning biz bilmagan jihatlari ko‘p. Oxirgi o‘n yil ichida ko‘plab xotiralarni, tarixni o‘rganishga, qayta tiklashga harakat qildim. Ikkinchi jahon urushi sabab dadam to‘qqiz yoshida yetim qolgan. Filmda buvimning o‘rtancha opalari Nodira xolamning ham hayoti aks etgan. Voqealar Rossiya, Germaniya, Polsha va yurtimizda suratga olingan.

Nasiba JONTO‘RAYeVA.