1 tonna ko‘mir - 300 ming 300 so‘m. Sizga bundan qimmatga sotishmayaptimi?

“Ko‘mir ta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyati Samarqand viloyat filiali tomonidan bugungi kunda 8 ta – “Ziyovuddin”, “Oqtosh”, “Kattaqo‘rg‘on”, “Past Darg‘om”, “Samarqand”, “Zarafshon”, “Jomboy”, “Bulung‘ur” omborlari hamda 4 ta – Urgutdagi “Bunyodkor” va “Jarqishloq”, Qo‘shrabotdagi “Qurolos” va “Jo‘sh ota” shoxobchalari orqali aholiga bir tonna ko‘mir 300 ming 300 so‘mdan tarqatilmoqda.

Bu yil kuz-qish mavsumi uchun shu paytgacha ushbu ombor va shoxobchalardan aholiga 63 ming tonnadan ortiq ko‘mir sotildi.

Agar mazkur ombor va shoxobchalarda ko‘mir narxi belgilangani (300 ming 300 so‘m)dan qimmat sotilsa, 93 341-01-25 raqamli “Ishonch telefoni”ga murojaat qilishingiz mumkin.

“Ko‘mir ta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyati Samarqand viloyat filiali.