10 oy davomida Samarqandda qancha oilaviy korxona tashkil etilgan?

10 oy davomida Samarqandda qancha oilaviy korxona tashkil etilgan?

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning 1 noyabr holatiga, respublika bo‘yicha yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalarning soni 15 430 tani tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 967 taga ko‘paygan.  O‘sish sur’ati 47,5 foizga oshgan.

Eng ko‘p yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalar bo‘yicha hududlar:

Surxondaryo viloyati – 3664 ta

Samarqand viloyati – 2287 ta

Andijon viloyati – 1336 ta

Farg‘ona viloyati – 1221 ta

Xorazm viloyati – 1198 ta

Yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalarning sohalar bo‘yicha soni:

Sanoat – 4997 ta

Savdo – 4715 ta

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 3172 ta

Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 1540 ta

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar – 108 ta.