10 oyda 7,2 ming nafardan ortiq ayol zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan
- 29.11.2021 15:04
- 61
- O‘zbekiston
2021 yilning 10 oyida zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga 7226 nafar fuqaro murojaat qilgan, ulardan – 4518 ta holatda turli zo‘ravonlik sodir etilgan.
Shundan 2457 ta ruhiy, 1358 ta jismoniy, 37 ta jinsiy, 666 ta iqtisodiy zo‘ravonlik holati qayd etilgan va 2708 ta holatda oilaviy nizolar, kelishmovchiliklar, ajrashish masalalari bilan murojaatlar qayd etilgan.
Bu haqda ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi direktori Muqaddam Rasulova ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar bilan o‘zaro muloqot qilish va shoshilinch ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam ko‘rsatish, maslahat berish va axborot taqdim etish uchun 1146 "ishonch telefoni" 24 soat uzluksiz ishlamoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa