11 noyabr “Kasaba uyushmalari kuni” bo‘ladi
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining navbatdagi VIII qurultoyi videokonferensaloqa tarzida o‘tkazildi.
Viloyatimizdagi tashkilot va muassasalardan saylangan delegatlar videomuloqotni Samarqand shahridagi yoshlar markazida kuzatib bordi.
Tadbirda viloyat hokimi E.Turdimov ham ishtirok etdi.
Dastlab, Prezident Sh.Mirziyoyevning qurultoy ishtirokchilariga yo‘llagan bayram tabrigini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov o‘qib eshittirdi.
Tabrikda 11 noyabrni “Kasaba uyushmalari kuni” deb belgilash taklifi bildirildi. Shuningdek, keyingi yillarda jamiyat hayotida kasaba uyushmasi tizimining o‘rni va roli oshgani qayd etildi. Qurultoydan keyin kasaba uyushmasi yangicha ish boshlashi ta’kidlandi.
Qurultoyda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining yangi tarkibdagi kengashi saylandi. Shu paytgacha federatsiyaga rahbarlik qilgan Qudratulla Rafiqov navbatdagi muddatga raislikka tasdiqlandi.
Husan ELTOYeV.