114 ming 884 nafar abituriyent Samarqand viloyatidagi 9 ta oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun ariza topshirdi
1 million 66 ming 925 nafar abituriyent 2019-2020 o‘quv yili uchun respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirdi.
Shundan:
Kunduzgi ta’lim shakliga - 718 ming 97 nafar;
Kechki ta’lim shakliga - 13 ming 822 nafar;
Sirtqi ta’lim shakliga - 335 ming 7 nafar;
Shu oyning 15 iyuliga (18:00) qadar abituriyentlarning 114 ming 884 nafari Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tdi.
Jumladan:
- Samarqand davlat universitetiga – 72 ming 556 nafar;
- Samarqand davlat tibbiyot institutiga – 10 ming 172 nafar;
- Samarqand davlat chet tillar institutiga – 7082 nafar;
- Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga – 8029 nafar;
- Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga – 5579 nafar;
- Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga – 5920 nafar;
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga – 2617 nafar;
- "Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga – 1905 nafar;
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialiga – 1024 nafar.
Eslatib o‘tamiz, bugun - 16 iyuldan boshlab abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘xtatildi.