1330 nafar haydovchi yo‘l belgilariga amal qilmadi
Joriy yilning 11-18 mart kunlari viloyat yo‘l-patrul xizmati inspektorlari yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq 11852 qoidabuzarlikni qayd etdi.
Mazkur qoidabuzarliklarning 1485 tasi odam tashish, 728 tasi quvib o‘tish, 248 tasi svetofor qoidalariga amal qilmaslik, 121 tasi transport vositasini mast holda boshqarganlik, 141 tasi harakat chog‘ida telefondan foydalanish, 35 tasi boshqaruv huquqisiz, 13 tasi inspektor ishorasiga bo‘ysunmaslikka doir bo‘lib, haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
4682 nafar haydovchiga xavfsizlik kamarini taqmaslik, transport vositasi oynalarini me’yoridan ortiqcha qoraytirganlik, texnik ko‘rikdan o‘tmaganlik, tovush signalini sababsiz berish, o‘rnatish, ruxsatnomasiz qayta jihozlash, 3171 holatda yo‘l belgilariga amal qilmaslik, piyodalar o‘tish joyidan yurish, to‘xtash qoidalarini buzish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
Viloyati IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.