134 nafar alimentdan qarzdor shaxs ishga joylashtirildi va oyligining bir qismi alimentga qaratildi

Majburiy ijro byurosisining Samarqand viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan aliment qarzdorligi mavjud bo‘lgan 24 176 nafar ishsiz va band bo‘lmagan aliment to‘lovchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish viloyat boshqarmasi hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari o‘tkazib kelinmoqda.

Byuroning viloyat boshqarmasi inspektori Rifat Bo‘riyevga ko‘ra, shu kunga qadar bunday yarmarkalar 16 marta o‘tkazilib jami 691 ta qarzdor ishsizlar qatnashgan, 132 nafar qarzdorga ishga yo‘llanma berilgan, 134 nafar qarzdorlar ishga joylashtirilib, ularning bandligi ta’minlangan hamda aliment undiruvlari ularning ish haqlarining ma’lum qismiga qaratilgan.

Shuningdek, chora-tadbirlar ijrosi doirasida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish davomida mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 1 289 ta ajrashgan oilalar yarashtirilgan.