18-19 va 25-26 iyul kunlari mashinalar harakati to‘xtatiladi. Ishga velosipedda borsa, ular jarimaga tortilmaydimi?
Savolga Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot kotibi Azizxon Murodov javob berdi:
🚕 Respublika maxsus komissiyasining 35-son yig‘ilish bayonining 3- bandiga asosan joriy yilning 18-19 iyul hamda 25-26 iyul (shanba va yakshanba) kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida avtotransport vositalarining, shu jumladan, yo‘nalishsiz taksilarning harakati to‘liq to‘xtatiladi.
⚡️ Ushbu bandda nazarda tutilgan cheklovlar maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanadigan avtotransport vositalariga hamda Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 8 iyuldagi 34-son yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan avtotransport vositalari harakatlanishiga tatbiq etilmaydi.
❗️ Mazkur bayonning 4 bandiga asosan davlat organlari va muassasalari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarga 18-19 iyul hamda 25-26 iyul kunlari xodimlarni ishga jalb etmaslik, xodimlarning ushbu kunlarda uyda qolishi uchun sharoit yaratish tavsiya etilishi belgilab berilgan.