20 iyun - Butunjahon qochqinlar kuni
BMT: dunyoda qochqinlar soni muttasil oshib bormoqda
Urush, zo‘ravonlik, ta’qib odamlarning o‘z vatanidan qochib ketishining asosiy sabablaridir. Ukrainadagi urush tufayli yuzaga kelgan ommaviy migratsiya inqirozi qochqinlar taqdiriga e’tibor qaratdi.
BMT statistik ro‘yxatini yanada to‘ldirib, millionlab ukrainaliklar urush tufayli o‘z uyini tark etishdi. Tashkilotning yillik hisobotiga ko‘ra, dunyoda majburiy muhojirlar soni 90 millionga yaqinlashgan. Bundan tashqari, so‘nggi o‘n yillikda, nisbatan uzoq davom etgan beqarorlik davridan so‘ng bu ko‘rsatkich ikki baravardan oshib ketdi.
2021 yilda boshpana so‘raganlar soni to‘rt yarim milliondan oshgan. Yevropa Ittifoqidagi tegishli talabnoma-so‘rovlar bo‘yicha rekordchi mamlakat - Germaniyadir. Majburiy muhojirlarning aksariyati – 3 million 800 ming kishi Turkiyada istiqomat qilmoqda. Umuman olganda, dunyodagi to‘rt davlat asosiy migratsiya yukini o‘z zimmasiga olgan bo‘lib, barcha qochqinlarning deyarli uchdan bir qismi ularning gardaniga tushadi.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan oldin, dunyo xaritasidagi asosiy issiq nuqta Suriya bo‘lib, qochqinlarning deyarli yarmi u yerdan kelgan edi. Ro‘yxatda shuningdek Afg‘oniston, Janubiy Sudan va Myanma bor.
Hisobotda BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi "dunyodagi ikkinchi yirik tashqi ko‘chish inqirozi" bilan bog‘lagan Venesueladagi vaziyatga alohida e’tibor qaratilgan. Bugungi kunda dunyoning turli mamlakatlarida olti millionga yaqin venesuelalik qochqin va muhojirlar yashaydi.