200 000 yil ichida eng kuchli iqlim o‘zgarishi hukm surmoqda

Bugungi iqlim o‘zgarishi so‘nggi 200 000 yil ichida eng kuchlisidir. BMT Jahon meteorologiya tashkiloti bosh kotibi Petteri Taalas bunga amin. Uning so‘zlariga ko‘ra, sodir bo‘layotgan voqealar so‘nggi qariyb yarim asr davomida qazilma yoqilg‘idan foydalanish bilan bevosita bog‘liq.

Dushanba kuni 200 dan ortiq davlat vakillari ishtirokida tashkilotning virtual sammiti boshlandi. Ularning vazifasi BMTning bu jarayon tabiat va odamlarga qanday ta’sir qilib ulgurgani va kelajakda nima kutish haqida iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hisobot yaratishni yakunlash.

Petteri Taalas, JST bosh kotibi:
"Ayniqsa, tropik kengliklar va rivojlanayotgan mamlakatlar kabi zaif mintaqalar mavjud. Afrika, Janubiy Osiyo va Tinch okeani orollari iqlim o‘zgarishi bo‘yicha ana shunday eng zaif davlatlarga kiradi. Vaholanki, bunday o‘zgarishlar allaqachon butun dunyoda ko‘zga tashlanmoqda".

Birlashgan Millatlar Tashkilotini xavotirga solayotgan asosiy muammolardan biri bu - ichimlik suvi zahiralarining qisqarishidir. Daryolarni vujudga keltiruvchi muzliklar qisqarib, ko‘plab mintaqalar iqlimi tobora qurib bormoqda. Tashkilot ekspertlarining fikricha, qishloq xo‘jaligi uchun suv yetishmasligi, o‘z navbatida oziq-ovqat yetishmasligiga olib keladi. Bu allaqachon qurolli to‘qnashuvlarga olib kelgan va bundan keyin ham olib keladi.

G.Xoldorova tayyorladi.