2019 yil 26 yanvar kuni umumxalq ekologik xayriya hashari o‘tkaziladi

Orolbo‘yidagi ekologik halokat oqibatlarini yumshatish borasidagi tashabbuslar va sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joylardagi jamoatchilik vakillarining takliflarini hisobga olib mintaqada ekologik holatni va aholining yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida Hukumat farmoyishi qabul qilindi, bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.

 Farmoyishga asosan, 2019 yil 26 yanvar kuni umumxalq ekologik xayriya hashari o‘tkaziladi.

Xayriya hasharini o‘tkazish doirasida mahallalar, aholi punktlari, ko‘p qavatli uylar va binolar, hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar va qabristonlar, ariqlar, ko‘chalar va yo‘laklar hamda bolalar maydonchalari tartibga keltiriladi.

Mazkur xayriya hasharidan tushgan mablag‘lar Orol dengizining suvi qurigan maydonlarida himoya o‘rmonlarini barpo etish, mintaqada ekologik holatni va aholi turmush sharoitini yaxshilash, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish kabi tadbirlarga sarflanadi.