2020 yilda qishloq joylarida ko‘p qavatli uy-joylar qurish uchun tadbirkorlik sub’yektlarini tanlash yuzasidan tanlov savdolari e’lon qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5886-sonli farmoni ijrosi yuzasidan Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobiga qishloq joylarida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash orqali daromadi yuqori bo‘lmagan hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilalar uchun uy-joylar qurish maqsadida:
Samarqand viloyati hokimligi 2020 yilda qishloq joylarida ko‘p qavatli uy-joylar qurish uchun tadbirkorlik sub’yektlarini tanlash yuzasidan tanlov savdolarini e’lon qiladi
№ 2020-01
Tanlov savdolari e’lon qilingan sana: 2020 yil 3 iyul
Tanlov takliflarini taqdim etish uchun oxirgi muddat: E’lon chop etilgan sanadan 30 kundan so‘ng.
Ko‘p qavatli uy-joylarni qurishni moliyalashtirish manbasi: Tadbirkolik sub’yektlarining o‘z mablag‘lari, tijorat banklaridan olingan kreditlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
- Tanlov ishtirokchilari quyida sanab o‘tiladigan har bir tanlov paketlari uchun muhrlangan tanlov takliflarini taqdim etishlari mumkin.
- Samarqand viloyati hokimiyati tadbirkorlik sub’yektlarini quyida keltirilgan lotlar bo‘yicha ko‘p qavatli uy-joylar qurilishini amalga oshirish uchun muhrlangan tanlov takliflarini taqdim etishga taklif qiladi.
- Tanlov savdolari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020 yil 4 iyunda 355-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida o‘tkaziladi.
- Tanlov ishtirokchilari qo‘shimcha ma’lumot olish va tanlov hujjatlari bilan tanishish uchun Samarqand viloyati qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markazlariga quyida ko‘rsatilgan manzillar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin:
Samarqand shahri Ko‘ksaroy maydoni 2D korpus 403-xona Telefon: 66 231-13-51; 66 233-32-00; el pochta manzili: samtender2013@mail.ru
- Tanlov hujjatlarinn nusxasini olish uchun ishtirokchilar quyidagi tartibda yuqorida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin:
“Samarqand viloyati, _________tumani, ____________massividagi, _________ lot bo‘yicha ____ta ko‘p qavatli uy-joylar qurilishni amalga oshirish uchun tanlov hujjatlarini berishingizni so‘rayman. ” shaklida yuqoridagi manzillarga yozma yoki elektron shaklda murojaat qilish lozim.
Tanlov hujjatlarini e’lon chop etilgan sanadan boshlab barcha ishtirokchilar olishlari mumkin.
Keyinchalik qaytarib berilmaydigan pul to‘lovi tanlov tashkilotchisining – Samarqand viloyati qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markazlarining bank hisob raqamiga o‘tkazilishi lozim. Bir to‘plam tanlov hujjatlari uchun keyinchalik qaytarib berilmaydigan O‘zbekiston Respublikasida belgilangan BHM bir barobariga teng.
Bank hisob raqami rekvizitlari quyida keltirilgan:
AT “Aloqabank” Samarqand filiali x/r 20210000803783329001 STIR: 202427054; MFO 00985; OKED 72300
- Tanlov takliflari quyidagi tartibda taqdim etilishi lozim:
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hududiy konsalting markazlariga;
Takliflarni takdim etish so‘nggi muddatigacha;
Lotlar ro‘yxatida ko‘rsatib o‘tilgan sana va vaqtgacha;
Tanlov hujjatlarida ko‘rsatilgan tartibda taklif kafolati sifatida deklaratsiya takdim etish;
Ko‘p kvartirali uy-joylarni joylashtirishning bosh rejasi, texnik tavsifi va loyiha eskizi;
Kvartiraning bir kvadrat metrining (1 m2) realizatsiya narxi;
Ko‘p kvartirali uy-joyni o‘z mablag‘lari hisobidan qurish uchun yetarli mablag‘ni mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotnoma.
- Tanlov takliflarini ochilishi takliflar takdim etishning oxirgi kunida tanlov savdolarida qatnashish istagini bildirgan barcha tashkilotlar ishtirokida quyida keltirilgan manzilda o‘tkaziladi:
Samarqand shahri Ko‘ksaroy maydoni 2D korpus Viloyat qurilish bosh boshqarmasi majlislar zalida.
Telefon: 66 231-13-51, 66 233-32-00, el pochta manzili: samtender2013@mail.ru
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Samarqand viloyat hokimligiga murojaat qilishlari mumkin telefon: (66) 230-42-89.