40 ming so‘m! Ishtixonda go‘sht shu narxda sotilyapti
- 15.12.2019 14:33
- 362
- Jamiyat
Bayramlar arafasida aholi dasturxonining to‘kinligini ta’minlash maqsadida arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkalari tashkil etish an’anaga aylangan. Ishtixon tumanidagi dehqon bozorlarida Yangi yil bayrami oldidan ana shunday yarmarkalar ish boshladi.
Yarmarkada mevalar, poliz va sabzavot, sut mahsulotlari, baliq, go‘sht va boshqa shu kabi 26 xil oziq-ovqat mahsulotlari arzonlashtirilgan narxlarda sotilmoqda.
Bayram arafasida go‘sht va go‘sht mahsulotlari narxining ko‘tarilib ketishi doim kuzatiladigan holat. Go‘sht mahsulotlarining o‘rtacha narxini saqlab turish muhim masala ekanligi inobatga olinib, Ishtixon va Mitan dehqon bozorlarida go‘shtni 40 ming so‘mdan sotish yo‘lga qo‘yildi. Albatta, bu kabi chora-tadbirlar tuman aholisining bayramni ko‘ngildagidek o‘tkazishga xizmat qiladi.
Otabek ShARAFOV.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa