5 000 AQSh dollari evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beshariq tumani bo‘limi va IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro Sh.T. firibgarlik yo‘li bilan daromad orttirish maqsadida fuqaro N.U.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Qo‘qon davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Sh.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.