5000 AQSh dollari bilan Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga o‘qishga kiritishni va’da qilganlar qo‘lga olindi

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur institutga turmush o‘rtog‘ining hujjatlarini tayyorlayotgan fuqarolardan biriga yangi tanishgan ikki nafar shaxsga bu haqda aytib qolgan.

Ular esa talabalarni boshqa davlatdan O‘zbekistonning oliy o‘quv yuritlariga ko‘chirib berish bilan shug‘ullanishini, turmush o‘rtog‘ini 5.000 AQSh dollari evaziga Ukraina davlatining Universitetida 1-bosqichda o‘qiganligi to‘g‘risida soxta hujjatlar tayyorlab, ushbu soxta hujjatlar asosida Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga 2-bosqichdan o‘qishga qo‘yib berishni va’da bergan. Oldindan 2 500 AQSh dollarini talab qilgan. Fuqaro esa bu haqda viloyat IIBga ariza yozib chora ko‘rishni so‘ragan.
nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, 2022 yil 14 aprel Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi DXX viloyat boshqarmasi va viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilib, fuqaro X.B. ariza muallifidan 2.500 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.