59 yoshdagi ayol opasining uyini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirib oldi

Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i nomiga 44 yoshli R.D. ariza bilan murojaat qilgan.

Arizada ma’lum qilinishicha, ayolning onasi bemor ekani, xolasi, 59 yoshli B.L. o‘zi tabiblik qilib davolashini aytadi. Ammo B.L. davolash uchun ayolning onasi nomida bo‘lgan Samarqand shahar Namuna ko‘chasidagi qiymati 200.000 AQSh dollari bo‘lgan uyni o‘tkazib berishni aytadi. Uyni o‘zining nomiga notarial tartibda rasmiylashtirib olib, firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritadi.

Mazkur murojaat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berishicha (https://tergov.uz/oz/lead/folbin-emas-firibgar), hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.