60 yil ilgari “Qora chechak”ni qanday yengishgandi?
Bu roppa-rosa 60 yil oldin sodir bo‘lgandi. O‘sha paytda sobiq ittifoqqa koronavirusdan ham jiddiy tahdid bo‘lgandi.
1960 yil boshida taniqli sovet rassomi Aleksey Kokorekin Hindistondan xizmat safaridan qaytib keldi. Uning harorati ko‘tarilib, yo‘tala boshladi. Shifokorlar unga gripp tashxisi qo‘yishdi va bir kundan so‘ng u vafot etdi...
Keyin uni tekshirgan terapevt vafot etdi, so‘ng shunchaki uning yonidan o‘tib ketgan ishchi o‘ldi. Shunda fuqarolar urushida ishlagan keksa professordan boshqa hech kim hech narsani tushunmadi. Aynan u shu dahshatli iborani aytdi: Qora chechak!
U bugungi koronavirus tezligida tarqalib ketar, lekin uning oqibatida o‘lim miqdori bir kun ichida to‘qson foizni tashkil qilishi mumkin edi. Shunday qilib, Moskva halokat yoqasida qoldi...
Shunda ichki ishlar vazirligi, KGB, hatto, harbiy razvedka ham shifokorlarga yordam berish uchun jalb qilindi. Ular ehtiyotkorlik bilan, tez va shovqinsiz ishlay boshlashdi. O‘zini izolyasiyalash rejimi ham e’lon qilinmasdan, boshqa yo‘lni ko‘rishdi. Korxonalar, kinoteatr va do‘konlar odatdagidek ochiq edi.
O‘zini yakkalash o‘rniga, “nolinchi bemor” bilan aloqada bo‘lganlar va “qo‘l berib ko‘rishganlar” tamoyiliga binoan hamma tezda aniqlandi va izolyasiya qilindi. Natijada faqat bemor olib borilgan Botkin kasalxonasi va u tashrif buyurishga muvaffaq bo‘lgan Moskva universiteti yopildi. Kokorekinning do‘sti Parijga uchib ketayotgan samolyot qaytarildi. Tamom!
Bir vaqtning o‘zida 10 million doza vaksina yetkazib berilib, Moskva va viloyatning barcha aholisi emlandi. Tunu-kun qilingan harakatlardan so‘ng 44 kun ichida epidemiya yengildi. Natijada, chechak faqat uch kishining hayotiga zomin bo‘ldi.
Internet materiallari asosida Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.