7 nafar samarqandlik aktyor, sportchi, yozuvchi, o‘qituvchi va tibbiyot xodimlari davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Davlatimiz rahbari bugun, 2025 yil 23 avgustda “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida” Farmon qabul qildi.
Unga ko‘ra, vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining yorqin iste’dodi, keng qamrovli ilmiy-ijodiy va amaliy faoliyati bilan xalqimizning intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi.
Ular orasida viloyatimizdan quyidagilar bor:
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan
IKROMOVA Taxmina Izzatullayevna - Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
«Do‘stlik» ordeni bilan
BARAShEVA Svetlana Muxtarovna - Samarqand viloyati rus drama teatri oliy toifali artisti
BEGMATOV Xayriddin Xoliqulovich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi
«Sog‘lom turmush» medali bilan
SAFAROVA Guljahon Safarovna - Oqdaryo tumanidagi «Uzun» oilaviy shifokorlik punkti mudiri.
«Shuhrat» medali bilan
BAHROMOVA Dilnoza Eshmirzayevna - viloyat yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi paradzyudo bo‘yicha murabbiysi
G‘AYBULLAYeV G‘ulom Saydalimovich - Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutining agrobiologiya fakulteti dekani
TUGALOV Botir Bahromovich - viloyat musiqali drama teatri direktori.