79 yoshli ayol va uning nabirasini o‘ldirganlikda gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olindi
- 07.12.2020 17:20
- 324
- Jinoyat va jazo
Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida ayol kishi va uning yosh nabirasi o‘ldirib ketilgani haqidagi xabarga Bosh prokuratura matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan To‘rtko‘l tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.
Xabarda aytilishicha, o‘tkazilgan tergov harakatlari davomida fuqaro J.S. (1991 yilda tug‘ilgan, ishsiz) 29 noyabr kuni o‘g‘irlik qilish maqsadida kirgan xonadonda yashayotgan 79 yoshli ayol va uning nabirasini oshxona pichog‘i bilan qasddan o‘ldirib, pul va 2 dona uyali telefon apparatini olib ketgani aniqlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tergovda fuqaro J.S. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, sudning ajrimi bilan unga “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va tergov harakatlari davom etmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 1 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 3 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand