8 yoshli qizaloq deyarli butun hayotini «qamoq»da o‘tkazdi
Faqatgina Mariya ismi bilan ma’lum bo‘lgan qiz shu yilning sentyabr oyida Germaniya g‘arbidagi Attendorn shahrida bobosi va buvisining uyida topilgan. Qizaloqni uyda qamab saqlashgani ma’lum bo‘lgan.
Nemis matbuotiga ko‘ra, oilasi uning muloqot va harakat doirasini cheklab, “oddiy hayot kechirishi”, bog‘cha va maktabga borishiga to‘sqinlik qilgan.
Qiz yetti yil davomida tashqi dunyodan to‘liq ajratilgan holda uyda saqlangan. Ozod qilingach u hatto zinapoyaga zo‘rg‘a ko‘tarilgan, chunki bu uning uchun notanish vosita edi).
Hozirda qiz vaqtincha asrab olgan oila qaramog‘ida va uning ahvoli qoniqarli. Qizni tekshirgan shifokorlar jismoniy zo‘ravonlik yoki to‘yib ovqatlanmaslik alomatlarini aniqlamagan.
Zigen shahri tuman markazi prokuraturasi qizning onasi, bobosi va buvisini ozodlikdan zo‘raki mahrum etish yuzasidan tergov olib bormoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, ajrashgandan so‘ng onasi Mariyani eridan yashirishga harakat qilgan va 2015 yildan beri hammaga qizi u bilan birga Italiyaga ko‘chib ketganini aytgan.
G.Xoldorova tayyorladi.