Abituriyent kiritgan ma’lumotlarini 20 iyulgacha tahrirlashi mumkin
Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyev abituriyentlarning onlayn ro‘yxatdan o‘tishi bilan bog‘liq masalalarga izoh berdi.
- Abituriyent my.dtm.uz yoki my.gov.uz saytlari orqali test sinovini topshirishda o‘ziga ma’qul hudud, fanlar majmuasi va fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlaydi;
- agar abituriyentning imtiyozi bo‘lsa, u imtiyozlar bo‘limida avtomatik ravishda chiqadi (agar chiqmasa, abituriyentga imtiyozni taqdim etgan vazirlik va idoraga murojaat qilishi kerak);
- chet tillari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikat mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar abituriyent tomonidan qo‘lda kiritiladi. Ushbu ma’lumotlar tekshiriladi;
- abituriyent kiritgan ma’lumotlarini 20 iyulgacha tahrirlashi mumkin (masalan, ta’lim yo‘nalishini o‘zgartirish, shu vaqtda chet tilidan sertifikat olsa, uni kiritish, test sinovi topshirish hududini o‘zgartirishi mumkin).