Afg‘on ayollariga erkaklarsiz samolyotda uchish, qizlarga maktabga qatnash taqiqlandi
So‘nggi paytlarda Tolibon ayollar huquqlarini cheklovchi qoidalarni kuchaytirdi. Ular endilikda afg‘on ayollarining erkak qarindoshi hamrohligisiz parvoz qilishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Xorijiy agentliklarning xabar berishicha, aviakompaniyalar tegishli buyurtmani ezgulikni targ‘ib qilish va illatlar oldini olish vazirligi nomidan olgan.
Tolibon hukumati manbalariga ko‘ra, hatto o‘z mamlakatiga, jumladan, Kanadaga borishga harakat qilayotgan ikki fuqaroligi bo‘lgan ayollar ham parvozga ruxsat etilmaydi.
Bundan tashqari, endi erkak va ayollar Kobuldagi ko‘ngilochar bog‘larga haftaning kuniga qarab alohida kelishadi.
Shuningdek, bir necha kun oldin mamlakatdagi hukmron Tolibon harakati qizlarga maktabga borishni taqiqladi. Oqibatda Kobulda hukumatdan o‘rta maktab o‘quvchilariga o‘qishni davom ettirish imkoniyatini berish talabi bilan ayollar namoyishi bo‘ldi.
"Tolibon qizlar uchun maktablarni qayta ochilishi kerak, - deydi faol Laila Vozim. - Axir, ayollar jamiyatning yarmini tashkil qiladi va Tolibon bu jamiyatda erkaklar bilan yelkama-yelka ishlay oladigan jamiyat yarmini yo‘q qila olmaydi».
O‘tgan chorshanba kuni bu yerda yangi o‘quv yili boshlanib, mamlakatning aksariyat viloyatlarida o‘quvchi-qizlar sakkiz oylik taqiqdan so‘ng o‘z partalariga qaytishga muvaffaq bo‘lishdi. Ammo bir necha soatdan keyin 11 yoshdan oshgan qizlarga maxsus maktab formasi joriy etish zarurligi sabab qilib ko‘rsatilib, yana darslarga kirish taqiqlandi. Bu ichki va xorijda jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘ldi.
Nobel mukofoti sovrindori, huquq faoli Malala Yusufzay afg‘on qizlari talablarini qo‘llab-quvvatladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, YuNESKO, AQSh va Yevropa Ittifoqi ham Tolibonni qarorini qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan. Ta’lim olishda teng huquqlilik - xalqaro hamjamiyat Tolibonni siyosiy tan olishining asosiy shartlaridan biridir.