Afg‘oniston hukumati to‘rt mingdan ortiq “Tolibon” a’zolarini ozod qildi
- 31.07.2020 07:01
- 99
- Xorij

Afg‘onistonning ikkinchi Bosh vaziri Muhammad Sarvash Donish afg‘on hukumati qamoqxonalardan 4600 nafar tolibonni ozod qilganini ma’lum qildi. Bu haqda mahalliy 1 TV News telekanali xabar berdi.
O‘z navbatida, “Tolibon” terrorchilik harakati (O‘zbekistonda taqiqlangan) yana 79 nafar Afg‘oniston hukumati asirlarini, umumiy hisobda 1002 nafar asirni ozod etishni rejalashtirmoqda.
Tolibon AQSh bilan tuzilgan bitimga asosan 5 ming nafar mahbusni ozod etishlarini talab qilmoqda. Ular Afg‘onistonaro muzokaralar boshlanishiga yo‘l ochish maqsadida Qobulni ozod etish jarayonini tezlashtirishga chaqirmoqda.
Fevral oyining oxirida Qatarda bo‘lib o‘tgan marosim chog‘ida AQSh va “Tolibon” o‘rtasida tinchlik sulxi tuzilgan edi. Hujjatga binoan 14 oy ichida Afg‘oniston hududidan xorijiy qo‘shinlar chiqarilishi va asirlar almashuvidan so‘ng Afg‘onistonaro muzokaralar boshlanishi lozim.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- 1 soat avval
- Jinoyat va jazo
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- Bugun, 09:07
- Mutolaa
Samarqandda 69 ta qizil toifali maktablar bor
- Kecha, 17:38
- Ta’lim