Afg‘oniston mudofaa vazirining uyiga uyushtirilgan hujumda 4 kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston mudofaa vaziri, general Bismilla Xon Muhammadiyning Kobuldagi uyiga uyushtirilgan hujum oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, 20 kishi yaralandi, deya xabar bermoqda France-Presse agentligi xavfsizlik organi manbasiga tayanib.

Agentlik Ichki ishlar vazirligi vakili Mirvais Stanekzay ma’lumotiga tayanib, hujum qilganlarning hammasi yo‘q qilinganligini ma’lum qildi.

Avvalroq Afg‘oniston poytaxtida kuchli portlash sodir bo‘lgan edi. Hodisa "yashil zona"da - hukumat va elchixona binolari joylashgan hududda yuz berdi.

Kamida 10 kishi yaralangan, 4 kishi halok bo‘lgan. Rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, hujum nishoni mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchisi bo‘lgan. Minalangan mashina Bismilla Xon Muhammadiy qarorgohida portlagan.

Voqea «Tolibon» mamlakat janubi va g‘arbiy provinsiyalarida hujumni kuchaytirgan paytda sodir bo‘ldi.