Afg‘onistonda Al-Qoida yetakchilaridan biri yo‘q qilindi
- 25.10.2020 16:50
- 123
- Xorij
Bu haqda TOLO News telekanali Afg‘oniston milliy xavfsizlik (NDS) direktori so‘zlariga tayanib xabar berdi.
“NDS, “Al-Qoida” rahbari Abu Muhsina al-Masri G‘azna viloyatining Andar mintaqasida Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘tkazilgan operatsiya vaqtida o‘ldirilgan”, deya xabar berdi telekanal.
Reyter agentligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, al-Masri AQSh Federal qidiruv byurosining ko‘p yildan buyon qidirilayotgan terrorchilar ro‘yxatiga kiritilgan.
Teglar:
Afg‘oniston