Afg‘onistonda avtomobil portlatilishi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonning Nangarxan viloyatida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi, 30 kishidan ortiq odam jarohatlandi. Bu haqda Tolo News telekanali mahalliy hukumat bergan ma’lumotga tayanib xabar berdi.  

Viloyat gubernatori vakili Ataulla Xogyanining so‘zlariga ko‘ra, mina o‘rnatilgan avtomobil kunduz kuni portlatilgan. Avtomobil gubernator G‘ani G‘anixil (Ghanikhil) rezidensiyasi binosidan uzoq bo‘lmagan joyda portlagan. Bundan tashqari, jangarilar gubernator rezidensiyasiga bostirib kirishga uringan, biroq xavfsizlik kuchlari ularni qaytarishga muvaffaq bo‘lgan.    

Viloyat kengashi a’zosi Ubaydullo Shinvarining ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlarning 8 nafari tinch aholi bo‘lgan.