Afg‘onistonda jarohatlangan xavfsizlik kuchlari xodimlarini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi
- 03.09.2020 11:30
- 363
- Xorij

Voqea 1 sentyabr kuni Afg‘onistonning shimoliy-sharqida joylashgan Taxar provinsiyasida yuz berdi. Jarohatlangan xavfsizlik kuchlari xodimlarini olib ketayotgan Afg‘oniston havo harbiy kuchlari (HHK) vertolyoti halokatga uchradi. Bu haqda Tolo News telekanali xabar berdi.
Taxar hokimi vakili Ahmad Javad Xejrining so‘zlariga ko‘ra, halokat oqibatida hech kim qurbon bo‘lmagan. Vertolyot, texnik nosozliklar tufayli qulab tushgan.
Mamlakat Mudofaa vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, vertolyot Qunduzdan Taxarga qarab parvoz amalga oshirayotgan vaqtda halokatga uchragan.
Teglar:
Afg‘oniston
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Kredit olish oson, uni qaytarish esa...
- Kecha, 19:03
- Qishloq xo'jaligi
Yaponiyaning Nara shahri hokimi - Samarqandda
- Kecha, 17:50
- Samarqand