Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Amerikaliklar demokratik shtatlardan nega qochishmoqda?

Demokratik partiya AQShni parchalashda davom etmoqda. Amerikaliklar Baydenning Tramp bilan kurashida bir partiyalik boshqaruvga erishganidan keyin janubga, respublikachilar shtatlariga ko‘chib o‘tishmoqda. Ayniqsa, Nyu-york, Kaliforniya, Illinoys va boshqa shtatlarda demokratlar o‘rnatayotgan liberal tartibdan butun boshli oilalar qochib ketmoqda. Ishsizlik, jinoyatchilik, zo‘ravonlik ularni shunga majbur qilmoqda. Aholi Feniks, Xyuston va Dallas kabi ko‘cha talonchilari, uysiz olomon yo‘q, politsiya jinoyatchilarni tutishdan qo‘rqmaydigan shtatlarga ko‘chishmoqda. Odamlar yana siyosiy repressiyadan qochishmoqda. Prezident Bayden ma’muriyati FRBga do‘stlari, ularning oilalari haqida shipshitib qo‘ymaydigan odamlarni ta’qib ostiga olmoqda, deb yozadi “Mir novostey” (2021 y. 26-son) haftanomasi.

Baltika tubidagi Rembrandt

Baltika dengizi tubida yotgan “Frau Mariya” kemasini mutaxassislar hamon eng qiziqarli va bebaho tarixiy ob’yekt hisoblaydilar. U 1771 yil noyabrda Shvetsiya qirg‘oqlarida dovul tufayli cho‘kib ketgandi. Uning bortida Yekaterina II Gollandiyada Ermitaj uchun sotib olgan xazinalar bor edi. Mutaxassislar hisobicha, ularning qiymati ayni paytda 1,5 milliard yevro turadi.

1999 yilda bir guruh Fin drayverlari – xazina qidiruvchilari Fin oroli Yurmodan taxminan 11 mil narida suv ostida qalin loyqa bosgan kemani aniqlashgandi. Ma’lum bo‘lishicha, bu o‘sha 200 yil oldin yo‘qolgan ikki machtali “Frau Mariya” kemasi ekan.

YuNESKOning Xelsinki imzolagan xalqaro konvensiyasiga ko‘ra, “Frau Mariya” bugun Finlandiyaning suv osti osori-atiqasi hisoblanadi. Kema milliy yodgorliklar ro‘yxatiga kiritilgan. Amsterdamda auksionda sotib olingan 1500 dan ziyod san’at asarlari orasida Rembrandt, Xendrika, van Balen, Gerarda van Terborka, Adriana van de Velde kabi buyuk rassomlarning polotnolari bo‘lgan.

T.Shomurodov tayyorladi.