Amerikaning Portlend shahrida tartibsizliklar davom etmoqda

Amerikaning Portlend shahrida ellik kundan buyon davom etayotgan tartibsizliklar, namoyishchilar va federal agentlar o‘rtasidagi to‘qnashuv bilan davom etmoqda. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar berdi.

Namoyishchilar sud binosi to‘siqlarini buzib, hududga yonuvchi va portlovchi moddalar otishni boshlaganlaridan so‘ng federal agentlar yoshlantiruvchi gaz va ovozli granatalardan foydalandilar.

AQSh Prezidenti Donald Tramp bir necha bor mahalliy merlar tomonidan tartibsizliklarning oldini olish uchun zaruriy chora-tadbirlar ko‘rilmayotganiga norozilik bildirgandi. Shu sababli bir qator yirik shaharlarga, xususan, Portlendga ham harbiylar va federal politsiya xodimlari kiritilgan. Bu holat asosiy qismi AQSh demokratik partiyasi vakili bo‘lgan mahalliy hokimiyat vakillarining noroziligiga sabab bo‘ldi.