Bugun inauguratsiya: Tramp Baydenning barcha radikal farmonlarini darhol bekor qilmoqchi

Time jurnaliga ko‘ra, Donald Tramp o‘z lavozimiga kirishishining birinchi kunidayoq 100 ga yaqin farmoyishlarni imzolashni rejalashtirgan. Oq uyga qaytgan birinchi kunidayoq o‘zidan oldingi prezidentning barcha “ahmoq va radikal” farmonlarini bekor qilish niyatida.

Tramp, shuningdek, janubiy chegara bo‘ylab “migratsiya bosqini”ni to‘xtatish va mamlakatda neft ishlab chiqarish to‘sig‘ini ochish, sun’iy intellekt sohasida yirik loyihalarni ishlab chiqish va favqulodda vakolatdan Uchinchi jahon urushining oldini olishda foydalanishga va’da bergan.

Bo‘lg‘usi prezident energetika sohasida favqulodda federal rejim joriy etish va Jo Baydenning iqlim bo‘yicha tashabbuslarini bekor qilmoqchi.

Bugun kechqurun Vashingtonda Donald Tramp inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tadi, shundan so‘ng u rasman AQShning 47-prezidenti bo‘ladi.