"Angren – Olmaliq – Samarqand" yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

Joriy yilning 15 oktyabr kunidan Transport vazirligi qoshidagi "Uzautotrans service" MChJ tomonidan "Angren – Olmaliq – Samarqand" yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

"Angren – Olmaliq – Samarqand" yo‘nalishidagi avtobus soat 9:00 da Angren avtostansiyasidan harakatlanishni boshlaydi. Soat 10:00 da esa avtobus Olmaliq avtostansiyasidan Samarqand shahri tomon yo‘lga chiqadi. Qatnov Bekobod shahri orqali amalga oshiriladi.

Angrendan Samarqandgacha yo‘lkira narxi 50 ming so‘m etib belgilangan. Olmaliqdan Samarqandgacha esa 45 ming so‘m. Chiptalarni Angren, Olmaliq, Samarqand avtostansiyalari kassalaridan sotib olish mumkin.

Ma’lumot uchun telefon: (99) 808-47-42.