AQSh Afg‘onistondagi qo‘shinini olib chiqishni to‘xtatdi
Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistondagi qo‘shinini olib chiqish ishlari 15 yanvarga qadar to‘xtatilganini tasdiqladi. Vazifaning yakunlanishi “Tolibon” harakati bilan olib boriladigan muzokaralar natijasiga bog‘liq. Bu haqda Germaniya Federativ Respublikasi mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer ma’lum qildi.
“Biz hozir Oq uydan tasdiqnoma oldik. Bu yaxshi. AQSh qo‘shinini olib chiqish 15 yanvarga qadar qoldirildi va 2,5 ming kishilik kontingent (odamlar, guruhlar majmui) soni saqlab qolinadi. Bu keyingi rejalashtirish uchun muhim”, dedi vazir Berlindagi Kerber fondi tomonidan tashkil etilgan tashqi siyosiy forumda.
“Barchamiz ushbu vazifada ishtirok etyapmiz va bu har doim ushbu vazifa yakunlanishi, kelishuv shartlari bajarilishiga bog‘liq bo‘lgan. Ayni vaqtda Tolibon va Afg‘oniston hukumati o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarda muhokama qilinmoqda. Ehtimol AQSh keyinchalik NATO qo‘shinlarining muddatidan oldin olib chiqilishi, ushbu og‘ir muzokaralar olib borilishi uchun zarur bo‘ladigan muhlatni bera olmaydi”, alohida ta’kidladi Kramp-Karrenbauer.