AQSh Davlat departamenti Rossiyaga tahdid qildi
- 04.09.2020 14:15
- 293
- Xorij
Agar Moskva Belarusdagi vaziyatga kuch ishlatish orqali aralashsa, Rossiya va AQSh munosabatlari yomonlashadi, deb ta’kidladi AQSh Davlat kotibining Yevropa va Osiyo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jorj Kent.
“Vashington, Moskva va Venada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Rossiya tomoniga o‘z pozitsiyamizni bildirdik. Agar ular keyingi to‘rt yil ichida AQSh – Rossiya munosabatlari og‘ir kechgan deb o‘ylashayotgan bo‘lsalar, ular yanada yomonlashishi mumkin”, deb aniqlik kiritdi Kent.
Kent Belarusda yuzaga kelgan vaziyat – bu “Sharq va G‘arb yoki AQSh va Rossiya o‘rtasidagi geosiyosiy bellashuv” emasligini, bu respublika hukumati va fuqarolari hal qilishi lozim bo‘lgan muammo ekanini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq agar Moskva Belarusdagi vaziyatga kuch ishlatish orqali aralashsa, AQSh Rossiyaga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar joriy etishi mumkinligi haqida xabar qilingan edi.