Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

AQSh Eronni Amerika elchisi joniga suiqasd uyushtirayotganlikda aybladi

AQSh Eron hukumatini Amerikaning Janubiy Afrikadagi elchisi Lana Marksni yo‘q qilish imkoniyatlarini izlayotganlikda aybladi. Bu haqda AQShning Politico nashri xabar berdi.

Nashr taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, Marks joriy yilning mart oyidan buyon xavf ostida bo‘lgan. Biroq keyingi vaqtlarda xavf yanada kuchaygan. AQSh tomoni diplomatning o‘ldirilishi Eron generali Qosim Sulaymoniyni yo‘q qilinishiga o‘ziga yarasha javob bo‘ladi, deb hisoblamoqda. Elchi unga nisbatan suiqasd rejalashtirilayotganidan xabardor etilgani ta’kidlanmoqda.

Shuningdek, Marks AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uzoq yillik do‘stona munosabatlarda bo‘lganligi uning nishon sifatida tanlanishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi aytilgan.

Avvalroq Eron yetakchisi Ali Hamenei Eron hech qachon Sulaymoni o‘limi uchun amerikaliklarni kechirmasligini aytgan edi.