AQSh harbiylari Eronning hujumiga qarshi jangovar tayyorgarlikni kuchaytirdi
AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy kuchlari Eron tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan hujumdan xavfsirab, jangovar tayyorgarligini kuchaytirdi. Bu haqda mansabdor harbiy ma’lumotiga asoslanib Politi co xabar bermoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, Pentagon Eron qurolli kuchlarining Iroqdagi "potensial hujumining xavotirli indikator ko‘rsatkichlarini" diqqat bilan kuzatmoqda. Shu bilan birga, gap tajovuzkor harakatlar haqida emas, balki Eronni AQShga yoki mintaqadagi xalqaro koalitsiya kuchlariga qarshi har qanday tajovuzkor harakatlarining oldini olish haqida ketmoqda.
Tehron AQShda prezident vakolatlarini topshirish hamda Amerika qo‘shinlarini Iroq va Afg‘onistondan olib chiqishi, shuningdek, Eron generali Qosem Sulaymoniy o‘ldirilishining bir yilligidan foydalanishi mumkinligidan Pentagon xavotirda, deydi rasmiy.
Yadroviy fizik Moxsen Faxrizadening o‘ldirilishi va Sulaymoniy o‘ldirilishining bir yilligi oldidan Tehronning qasosini kutayotgan Oq uy AQShning Bag‘doddagi elchixonasi, shuningdek, Iroqdagi boshqa diplomatik muassasalardan xodimlarining deyarli yarmini evakuatsiya qilayotgani haqida xabar qildi 2 dekabr kuni Thye Washington Post gazetasi.
AQSh va Eron o‘rtasidagi munosabatlar 2020 yil 3 yanvar kuni Bag‘dodda amerikalik harbiylar tomonidan "Al-Quds" islom inqilobi soqchilar korpusining maxsus harbiy bo‘linmasi generali Qasem Sulaymoniy o‘ldirilganidan keyin keskinlashdi. Bunga javoban 8 yanvarga o‘tar kechasi Amerikaning Iroqdagi bir necha harbiy inshootlariga Eron harbiylari tomonidan hujum uyushtirildi. Shundan so‘ng AQSh prezidenti Donald Tramp yangi sanksiyalar joriy etilishini e’lon qildi.