AQSh havo harbiy kuchlari Suriya armiyasiga hujum uyushtirdi
- 17.08.2020 21:30
- 308
- Xorij
AQSh havo harbiy kuchlari (HHK) Suriya armiyasining Qamishli shahri janubida jolashgan bo‘linmasiga havodan hujum uyushtirdi, oqibatda bir nafar Suriya harbiysi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti nashri mahalliy televideniyalar bergan axborotga tayanib ma’lum qildi.
Ikhbariya telekanali taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, suriyalik harbiylar amerikalik bosqinchilar patrulini o‘tkazib yuborishdan bosh tortganlar. Oqibatda bir nafar suriyalik harbiy halok bo‘lgan, yana ikki nafar harbiy jarohatlangan.
Suriya Mudofaa vazirligi, hujum ikki nafar AQSh vertolyoti tomonidan amalga oshirilganini ma’lum qildi.
Rasmiy Vashington bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan hozircha hech qanday izoh bermadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa