AQSh Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti a’zoligini rasman tark etdi
- 09.07.2020 13:45
- 240
- Xorij
AQSh Prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar rasman JSST a’zoligidan chiqqanligini kongressga ma’lum qildi. Shu tariqa JSST har yili yarim millaird AQSh dollarigacha sarmoya kirituvchi sherikdan mahrum bo‘ldi.
Donald Tramp tashkilotni o‘z vaqtida insoniyatni koronavirus xavfidan ogohlantirmaganlikda ayblamoqda. Bundan tashqari, Trampning fikriga ko‘ra, tashkilot Xitoy manfatlari uchun xizmat qilmoqda.
AQShda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan prezident saylovlaridagi Trampning asosiy raqibi Djo Bayden Oq uy rahbari etib saylansa, uning birinchi qiladigan ishi AQShni JSST tarkibiga qaytarish bo‘lishini ma’lum qildi.