AQSh koronavirus uchun Xitoyga hisob taqdim etish niyatida
- 28.04.2020 16:31
- 268
- Xorij

Koronavirus tarqalib ketgani sababli AQSh Xitoyga moliyaviy e’tiroz bildirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Donald Tramp Oq uyda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Mazkur ma’lumot jurnalistlardan biri Trampga “AQSh ham koronavirus xuruji sababli Xitoyga 130 milliard dollar hisob taqdim etgan Germaniya kabi yo‘l tutadimi”, deb bergan savolidan keyin ma’lum qilindi.
“Bizda bunga erishishning osonroq yo‘li bor”, dedi Tramp. Oq uy rahbari ayni vaqtda Germaniya va AQSh shu masalani o‘rganayotganini ta’kidladi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh sharoitida gap katta mablag‘ haqida bormoqda. Biroq Prezident mablag‘ qiymatini ma’lum qilmadi.
Shuningdek, u Xitoy o‘z vaqtida koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar ko‘rmaganligini va buning oqibatida butun dunyo jabr ko‘rayotganini yana bir bor ta’kidladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Eng muhim 20 ga yaqin xizmat turi bir joyda
- Bugun, 18:13
- Iqtisodiyot
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- 19/04, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 19/04, 16:06
- Maslahat