AQSh koronavirus yuqtirganlar soni bo‘yicha Xitoydan o‘zib ketdi

Bu haqda kecha federal va mahalliy statistika asosida hisobot olib borayotgan Jons Xopkins universiteti ma’lum qildi.

Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, AQShda 82,4 ming kasallangan qayd etilgan, Xitoyda ushbu ko‘rsatkich 81,8 mingni tashkil etmoqda. AQSh bir kecha-kunduzda kasallanganlar soni bo‘yicha Italiya va XXRni ortda qoldirib ketdi.

Shu bilan birga, AQShda qayd etilgan kasallarga nisbatan, qurbonlar soni birmuncha kam qayd etilgan. Mamlakatda 1178 nafar bemor vafot etgan. Bu ko‘rsatkich Xitoyda 3289 va Italiyada 8215 nafarni tashkil etmoqda.