AQSh milliy gvardiyasi vakillari Samarqandga keldi

Samarqand shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislarni tayyorlash markaziga AQShning Missisipi shtati milliy gvardiyasi vakillari tashrif buyurdi.

Mayor Amanda Villeret boshchiligidagi amerikalik harbiylar o‘zaro hamkorlik doirasida muassasaning nomzodlarni tanlash va serjantlar tarkibini bosiqichma-bosqich tayyorlash tizimi, o‘quv-tarbiya jarayonlari bilan tanishdi, markazda o‘tkazilayotgan amaliy mashg‘ulotlarni kuzatdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, AQSh  milliy  gvardiyasi 1903 yilda tashkil topgan bo‘lib, ham shtatga, ham federal bo‘ysunuvga ega. U AQSh Qurolli kuchlarining tashkillashgan (tartibli) zaxirasi hisoblanadi (tashkillashmagan zaxira esa harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan, lekin qo‘shimcha tayyorgarlikka muhtoj bo‘lgan shaxslardan tashkil topadi).  Milliy  gvardiya favqulodda holatlarda mamlakat ichidagi turli vazifalarni bajarish uchun (tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish, ommaviy tartibsizlikda huquqiy tartibni saqlash va boshqalar) shtat gubernatori tomonidan faollashtirilishi, AQSh Prezidenti qaroriga asosan armiya va harbiy havo kuchlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilishi mumkin.

Sardor MAHMUDOV.