AQSh muhojirlarni Gaitiga deport qilishga tayyorlanmoqda
AQSh rasmiylari Texas shtatining Del-Rio shahrida to‘plangan Gaiti muhojirlarining deportatsiyasini tezlashtirmoqda. U yerda - Meksika bilan chegarada qamishdan yasalgan uylarda 12000 ga yaqin qochqin yashaydi. Har kuni Rio-Grandi daryosi orqali ularga yangi odamlar qo‘shiladi. Amerika hukumati hatto mahalliy chegara punktini yopishga majbur bo‘ldi.
AQSh ichki xavfsizlik vazirligining ma’lum qilishicha, juma kuni 2000 ga yaqin muhojir keyinchalik deportatsiya qilish uchun boshqa shaharlarga olib ketilgan. Voqea joyida boshqarmaning 400 agenti ishlamoqda.
Turli manbalarga ko‘ra, bugun, 19 avgustdan boshlab Vashington har kuni mamlakatdan deport qilingan muhojirlar bilan 2 dan 8 tagacha samolyot Gaitiga uchiriladi.
Jo Bayden hukumat tepasiga kelganidan buyon AQShga Lotin Amerikasi qochqinlari oqimi oshdi. Oq uyning yangi xo‘jayini Donald Tramp tomonidan o‘rnatilgan ko‘plab qoidalarni bekor qildi. Masalan, Meksikada bo‘lgan boshpana izlovchilarga endi sud majlisi qarorini kutishning hojati yo‘q.